» » Xatolaring kerak ularga (Abdulla Oripov she'ri)

Xatolaring kerak ularga (Abdulla Oripov she'ri)

21 март 2018, Среда
71
0
Shundaylar bor,senga lutf aylab,
Do'stman, deya senga qo'lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni ular kutarlar.
 
Xato qilsang, ularga bayram,
Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham,
Xato qilishingni ular kutarlar.
 
Xatolaring kerak ularga,
Shox  navdangni darhol butarlar 
Tag'in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni ular kutarlar.
 
Axtarurlar hamisha illat,
Yetti pushting go'rin titarlar.
Faqat unma, ulg'ayma faqat,
Xato qilishingni ular kutarlar.
 
Ular senga bir umr yo'ldosh, 
Sodiq hamroh kabi o'tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni ular kutarlar.


1991 yil
скачать dle 12.1
Комментарии:
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Нормативные документы, руководства, статьи, новости, опыт коллег
Всё об индивидуальном предпринимательстве © 2017-2057